E-Book Overview
<strong>Qur'oni Karimning o'zbekcha tarjimasi<em>Toshkent, 2007. Lotinchada tayyorlangan. 628 bet.
Alloh ta’oloning tavfiq va madadi bilan Qur’oni Karimning ushbu tarjimasi hijriy 1412-yil, Rabiy’us-soniy oyining 21-inchisi, seshanba kuni (milodiy 1991 yil 29 okyabr)da o‘z nihoyasiga yetdi.Hijriy 1422-yil, Rabi’u-soniy oyining 11-inchisin — seshanba kuni (milodiy 2001 yil, 2 iyul)da esa, Janobi Haqning marhamat va inoyati bilan ushbu tarjimani qayta ishlash, tuzatish va to‘ldirish ishlari o‘z poyoniga yetdi. Alloh ta’olo ushbu Muqaddas Kitob ma’nolarini anglab, uning ko‘rsatmalariga amal qilgan kishilarga ulug‘ ajru mukofotlar ato aylasin hamda ularni O’zi rozi bo‘ladigan Haq Yo‘lga hidoyat qilsin.Omiyn!<strong>Alouddin MANSUR
E-Book Content
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi ÉΟŠÏm§ 9$# Ç⎯≈uΗ÷q§ 9$# «!$# ÉΟó¡Î0 FOTIHA SURASI Yetti oyatdan iborat bu sura Makkada nozil bo‘lgan. U «Fotiha», ya’ni «Ochuvchi sura» deb ataladi. Qur’ondagi suralarning joylashish tartibida avvalgi o‘rinda turgani va qisqa bo‘lishiga qaramasdan Qur’onning asosiy ma’no-mohiyatini o‘zida mujassam etgani uchun ham u Qur’on mazmunini «Ochuvchi» deb nomlangan. Bu surada yagona Allohga bo‘lgan e’tiqod, Uning o‘zigagina ibodat qilish, oxirat kuni borligiga ishonish, yolgiz Allohniig o‘zidan madad-yordam so‘rash, haq din va to‘g‘ri yo‘lni Uning o‘zigina ko‘rsata olishiga iymon keltirish kabi Islom dinining asosiy talablari o‘z aksini topgan. Shuning uchun bu surani «Ummul-Qur’on» — «Qur’onning onasi — asli» deb ham ataydilar. 1. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 2-3-4. Hamdu sano butun olamlar Xojasi, Mehribon va Rahmli, jazo (qiyomat) kunining Egasi — Podshohi bo‘lmish Alloh uchundir. I z o h. Maqtov-olqishga haqdor bo‘lish uchun bashar olamiga podshoh bo‘lishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Balki koinotdagi barcha sayyoralar va ulardagi bor jonli-jonsiz mavjudotning hammasi ustidan ilmu hikmat va rahm-shafqat bilan egalik qiladigan, bundan tashqari, oxiratdagi hisob-kitob kunida ham yagona podshoh bo‘lgan Alloh taolonig O’zigina hamdu sanoga loyiq zotdir. 5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so‘raymiz. I z o h. Ya’ni, Sendan o‘zganing oldida boshimizni egmaymiz va Sendan o‘zgaga yordam so‘rab iltijo ham qilmaymiz. 6-7. Bizlarni, g‘azabga duchor bo‘lmagan va haq yo‘ldan toymagan zotlarga in’om qilgan yo‘ling bo‘lmish — To‘g‘ri yo‘lga yo‘llagaysan. I z o h. Mazkur zotlar — barcha payg‘ambarlar, haqiqiy iymon-e’tiqod egalari va o‘z aqidalari yo‘lida jonlarini fido qilgan kishilardir. www.ziyouz.com kutubxonasi 1 Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi BAQARA SURASI Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, ikki yuz sakson olti oyatdan iborat. U Qur’ondagi eng uzun suradir. Bu surada e’tiqod, ibodat, muomala, axloq, nikoh, taloq, idda va boshqa shariat hukmlari borasida so‘z ketadi. Bu suraning avvalida mo‘minlar, kofirlar, munofiqlar va iymonning haqiqati, kufr va nifoqning mohiyati bayon qilinadi. So‘ngra bashariyat otasi Odam alayhissalom qissasi zikr qilinib, u zot yaratilgan vaqtda bo‘lib o‘tgan ibratli voqea-hodisalardan xabar beriladi. «Baqara» oyatlarining qariyb uchdan bir qismini «ahli kitoblar» (Tavrot va Injilga iymon keltirganlar), xususan yahudiylar haqidagi ma’lumotlar tashkil qiladi. Keyin sudxo‘rlik jinoyati to‘g‘risida ma’lumot berilib, Alloh va payg‘ambar bu jinoyatga qarshi urush e’lon qilganliklari uqtiriladi. Suraning xotimasida esa mo‘minlarni Alloh taologa tavba-tazarru qilishga va uning O’zidangina madad tilashga chaqiriladi. Bu sura nima uchun «Baqara» – «Sigir» surasi deb atalgan? Qadimda Bani Isroil qavmidan bo‘lgan bir kishi o‘ldiriladi. Ammo uning qotilini topa olmaydilar. Shunda Alloh taolo Muso alayhissalomga: «Qavmingga aytgin, bir sigir so‘yib, uning bir bo‘lagi bilan o‘likni ursinlar», deb buyuradi. Allohning